Srechko Katanets Qatar bilan o'yinni "Bunyodkor" stadionida tomosha qiladi

Iskandarov Abdulaziz
9 iyun 2025
JCH-2026 saralash bosqichining oxirgi uchrashuvida O'zbekiston Toshkentda Qatarni qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvni O'zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanets stadiondan bevosita stadiondan kuzatadi. Sloveniyalik mutaxassis ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi. 

Ma'lumot uchun, Katanets 2021-2024 yillarda "oq bo'rilar"ga ustozlik qilgan. Uning qo'l ostida vakillarimiz 42 ta o'yinda 26 g'alaba, 8 durang, 8 mag'lubiyat qayd etdi. To'pplar nisbati esa 83-38 ko'rinish oldi. Murabbiy sog'lig'idagi muammolar sabab yanvar oyida terma jamoa bilan xayrlashgandi.

BAA bilan o'yindan so'ng Jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilgani munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko'ra Srechko Katanets "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan edi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia