Sergey Yuran: "Menga O'zbekistondan ish taklif qilishdi"

Administrator
3 dek 2022
Rossiyalik murabbiy Sergey Yuran Championat.asia saytiga Superliga klublarining birida ehtimoliy ish boshlashi haqida izoh berib o'tdi.

- Sizga O'zbekistondan ish taklif qilishgani rostmi?

- Ha, bugun qo'ng'iroq qilishdi. O'zbekiston chempionatida ishlash menga qiziqmi yo'qmi shuni so'rashdi. Men agarda klubning oldiga qo'ygan maqsadlari yuqori bo'lsa, bunga tayyor ekanligimni aytdim. Faqatgina, shu talab bilan men ishlashga tayyorman.

- Bu qaysi klub ekanini ayta olasizmi?

- Hozircha buni ochiqlay olmayman. Tez orada klub nomini bilib olasiz. 


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia