Serxio Ramos "Real Sosedad"ga qarshi bahsda "Real"ga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2015
"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites Primeroning 17-turidan o'rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi bahsda jamoa himoyachisi Serxio Ramosni maydonga tushira olmaydi.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisida mushak muammolari aniqlandi va hozircha u trenajer zalida individual reja bo'yicha ishlayapti. Joriy mavsumda Ramos bir necha bor jarohat oldi. U milliy chempionatining 9 uchrashuvida maydonga tushdi va o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi.

"Real" - "Real Sosedad" uchrashuvi 30 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS