"Shabab Al Ahli"dan irodali durang, Azizjon G'anievdan chiroyli golli pas

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2020
Kecha BAA pro ligasida 12-turidan o'rin olgan "Al Vasl" - "Shabab Al Ahli" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yining 14-daqiqasida tablodagi hisob 2:0 edi. Bundan tashqari "Al Vasl" 8-daqiqadayoq 10 kishi bo'lib qolgandi.

Ikkinchi taym boshida "Shabab Al Ahli" legioneri Karlos Eduardo jarimadan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni qisqartirdi. 56-daqiqada o'zbekistonlik Azizjon G'anievning ajoyib tarzda uzatib bergan to'pini yana o'sha Karlos Eduardo boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:2.

O'yin so'nggiga qadar hisob o'zgarmadi va "Shabab Al Ahli" 12ta turdan so'ng 16 ochko to'plab, musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda.

G'aniev jamoasi keyingi turni 15 yanvar kuni o'z maydonida "Al Nasr"ga qarshi o'tkazadi. 7 yanvar kuni Arab Ko'rfazi kubogi doirasida "Xorfakkan" klubi mehmoni bo'ladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia