

Klub sport direktori Kristian Xaydel futbolchi bilan uning transfer huquqini xarid qilish borasida muzokara o'tkazdi.
Bentaleb joriy mavsum oldidan "Shalke-04"ga ijara asosida o'tgan, uning transfer huquqi "Tottenxem"ga tegishli. Nemis klubi futbolchini 19 mln. evro evaziga sotib olishi mumkin. Xaydel Bentaleb bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib olgan.
Bentaleb joriy mavsumda Germaniya chempionatining sakkiz uchrashuvida 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.



