Sherzod A'zamov: “Birgina xato tufayli yutkazdik”

Narzulla Saydullayev
1 dek 2016
Samarqand shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi final uchrashuvida “Lokomotiv” “Nasaf”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Shiddatli o'tgan bellashuvdan so'ng “Nasaf” sardori Sherzod A'zamov saytimiz uchun intervyu berdi.

- Qiyin o'yin bo'ldi. O'zimiz qilgan xato tufayli bugun mag'lub bo'ldik. Bu xato qimmatga tushdi. “Lokomotiv” bizdan ko'ra yaxshiroq tayyorlangan ekan. Keyingi yil biz yana harakat qilamiz va albatta g'alaba qozonamiz degan umiddaman. Uzoqdan bizni qo'llash uchun kelgan muhlislarga rahmat. Bizni qo'llab-quvvatlagani uchun rahmat - deydi A'zamov.


Dildora Xolboeva


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia