Shevchenko "Jenoa"ga "Barselona" yarim himoyachisini olib kelmoqchi

Alisher
24 dek 2021
"Beshiktosh"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich Italiya chempionatiga qaytadi.

31 yoshli bosniyalik futbolchiga ukrainalik Andrey Shevchenko boshqarayotgan "Jenoa" hamkorlik taklif qiladi. Genuyaliklar xavbekni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi.

Miralem A Seriyada "Roma" va "Yuventus" klublari sharafini himoya qilgan.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum Turkiya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato