Shevchenko Ukraina termasi bilan shartnomasini 2,5 yilga uzaytiradi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2020
Ukraina termasi bosh murabbiyi Andrey Shavchenko 7 iyun kunida mamlakat futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomasini uzaytiradi.

Yangi kelishuv 2,5 yil davom etadi. Bu esa 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo'lib o'tadigan JCHdan keyin yakuniga etadi.

43 yoshli mutaxassisning UFA bilan shartnomasi 2020 yilning iyuliga qadar davom etishi kerak edi. U 2016 yilning yozidan buyon termani boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida terma Evro-2020ga yo'llanma oldi, shuningdek, Millatlar ligasida A divizioniga chiqdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal