Shmeyxel Salohning zarbasini qanday qaytarganini aytdi

Eldor Akmurzayev
29 dek 2021
APL 20-turidan o'rin olgan “Lester” – “Liverpul” uchrashuvidan (1:0) keyin o'yin qahramonlaridan biri bo'lgan “tulkilar” kiperi Kasper Shmeyxel o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Juda muhim g'alaba. Endi dam olishimiz va oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Saloh penaltini qanday tepishini o'rganmagandim. Shunchaki, oldindan his etdim va sezgimga ishondim. Bazan omad ham kerak bo'ladi. “Manchester Siti” bilan o'yinda bu bizga yetishmadi, ammo bugun omadimiz keldi”, deydi Shmeyxel.

Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh “Lester” bilan o'yingacha ketma-ket 15 ta penaltini aniq amalga oshirgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport