Shota Arveladze sobiq klubiga qaytdi

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2025
Shota Arveladze 2012 yildan 2015 yilgacha boshqargan jamoasiga qaytdi.

Gap Turkiyaning "Qosimposho" klubi haqida ketmoqda. Turkiya jamoasi Arveladze bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Shota Arveladzening oxirgi ish joyi "Fotih Karagyumruk" bo'lgan. U jamoada 4 oy ishlaganidan so'ng klub bilan xayrlashgan edi.

Eslatib o'tamiz, Shota Arveladze 2017 yildan 2020 yilgacha Toshkentning "Paxtakor" jamoasini boshqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Қосимпошо матбуот хизмати