Shotlandiya – Ukraina o'yini taqdiri ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2022
"Shaxtyor" futbolni rivojlantirish direktori Dario Srna UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin bilan bo'lgan suhbat haqida gapirdi.

"Men Aleksander Cheferin bilan gaplashdim. U Ukraina futbolini himoya qiladi. Tushunaman, hozir hech kim futbol haqida o'ylamayapti, biroq UEFA prezidenti Ukraina va Shotlandiya o'rtasidagi o'yin iyunga ko'chirilishini aytdi", – dedi Srna.

Eslatib o'tamiz, 24 mart kuni Glazgoda  JCH-2022 pley-off o'yini doirasida Shotlandiya – Ukraina o'yini bo'lib o'tishi kerak edi, ammo hozirgi paytda Ukrainada urush sababli barcha futbol musobaqalari to'xtatilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Денисов Time