Sinisha Mixaylovich: Milanning maqsadi – kuchli uchlik

Narzulla Saydullayev
2 avg 2015
Milan bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich yangi mavsumdan oldin klubning maqsadlari haqida gapirdi.

Hozir hissiyotlar ajoyib. Barcha ishni noldan boshladik – futbolchilar, taktika, ishga bo'lgan munosabat. Sekin asta hammasi o'z joyiga tushmoqda.

Milanning yangi mavsum uchun maqsadi – kuchli uchlik. Agar bir nechta kuchli futbolchini qo'lga kiritganimizda yanada yuksak maqsadlarni qo'ya olardik.

Bosimdan qo'rqmayman, hech qachon tavakkal qilishdan cho'chimayman, – deydi Mixaylovich.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru