Sobiq himoyachi “Marsel” bosh murabbiyiga aylanadi

Eldor Akmurzayev
3 iyul 2022
Xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor Marselga uchib keldi.

44 yoshli xorvat “Marsel”ning yangi ustoziga aylanadi. Bitim 2024 yil yoziga qadar imzolanadi va tanishtiruv marosimi dushanba kuni bo'lib o'tadi.

Tudor 2021 yil sentyabrida “Verona”ni qabul qilib oldi va jamoa bilan Italiya chempionatida 9-o'rinni egalladi.

Avvalroq, “Marsel” Xorxe Sampaolining iste'fosini e'lon qilgandi. U francuz klubini 2021 yil martidan beri boshqarib kelayotgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano