Sosiska va no'xatli pyure. Ingliz klubi ovqat rasmlari tushirilgan liboslarini taqdim etdi

Alisher
10 avg 2019
Angliyaning "Bideyl" klubi ketma-ket ikkinchi mavsumda ham ovqat rasmlari tushirilgan liboslarda o'ynaydi.

Jamoaning 2019/20 yilgi mavsum safar liboslarida sosiska va yashil no'xatli pyurelarni ko'rishimiz mumkin.

Darvozabon ekipirovkasida esa fartukning rasmi aks ettirilgan.

Bunday ko'rinishdagi liboslar klubning homiysi hisoblangan go'sht fabrikasiga aloqador.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AfcBedale