Stiv Mandanda yozda "bo'rilar" safiga qo'shilishi mumkin
Narzulla Saydullayev
4 mar 2015
"Marsel" klubi posboni Stiv Mandanda yozda "Roma"ga ko'chib o'tishi mumkin.
Agar klublar posbonning transfer narxi borasida kelishuvga erishishsa Mandanda Rim klubiga o'tadi, deb xabar bermoqda Football Italia. "Roma" ustozi Rudi Garsiya Morgan De Sanktisga o'rinbosar qidirmoqda.