“Stok Siti” Xyuzni iste'foga chiqardi

Uelslik mutaxassis Mark Xyuz “Stok Siti” bosh murabbiyligidan ozod etildi.

Klub muddatidan oldin u bilan shartnomani bekor qildi. 

“So'nggi to'rt yarim yildagi hamkorlik uchun Markka minnatdorchilik bildirami. Unga kelgusidagi faoliyatiga omadlar tilaymiz. Klub imkon boricha qisqa muddatda yangi bosh murabbiy nomini e'lon qiladi”, deyiladi klub tomonidan tarqatilgan bayonotda.

“Stok” APL 22 turidan keyin atigi beshta g'alabaga erishib, turnir jadvalining 18-pog'onasida bormoqda. Xyuz to'rt yarim yildan buyon jamoani bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushayotgan edi.


Manba: "Сток Сити" ФК расмий сайти