Sulsher tufayli Van Deyk boshqa uy qidirmoqda

Mirjalol Normatov
28 mar 2019
"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk Cheshir grafligidagi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning uyini bo'shatib qo'yishiga to'g'ri keladi.

"Liverpool Echo" xabariga ko'ra, futbolchi oilasi bilan ko'chib kelmaguncha uyni ijaraga olgandi. Avvaliga Sulsher uyni sotib yubormoqchi bo'lgandi. Biroq ayrim sabablar tufayli ishlar o'xshamay qolgandi.

Bugun MYU bilan uch yillik shartnoma imzolagan Sulsher oilasi bilan ushbu uyda yashashga qaror qildi va bu haqida futbolchinii ogohlantirib qo'ydi.

Sulsher bunga qadar "Louri" mehmonxonasida istiqomat qilayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo