Suonsi Siti Shelvi uchun $10 mln to'lashga rozi bo'ldi

Suonsi Siti jamoasi Liverpul yarim himoyachisi Jonjo Shelvi uchun 10 million AQSH dollari to'lashga rozi bo'ldi va xozirda futbolchining o'zi bilan xaftaning yakunigacha shartnoma imzolashga kelishmoqda.

21 yoshli futbolchini bundan uch yil avval Liverpul Charltondan 3 million AQSH dollari evaziga sotib olgandi. Ammo u zaxirada qolib ketavergach, jamoa bosh murabbiyi Brendan Rodjers unga o'ziga asosiy tarkibda o'ynash imkonini beradigan jamoa qidirishi mumkinligini aytgandi.

Futbolchiga Kristal Palas, Vest Xam hamda Norvich klublaridan ham taklif tushgan, ammo Suonsining taklifi qoniqarliroq bo'lgan.

Angliya milliy terma jamoasi noyabr oyida Shvetsiyaga mag'lub bo'lgan uchrashuvda angliyaliklar tarkibida debyut qilgan Shelvi Premer Ligada atigi 17 o'yinda maydonga tushgan. Ammo u Uels klubiga o'tsa, Yevropa ligasida o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritib, o'zining nimaga qodir ekanligini namoyish qilishi kutilmoqda.

Suonsi seshanba kuni uchta xaridi haqida e'lon qilgandi. Bulardan eng yiriklaridan biri, harid narxi oshkor etilmagan Real Betis yarim himoyachisi Alexandro Pocuelo. O'tgan mavsumda Betis tarkibida 11 uchrashuvda maydonga tushgan bu 21 yoshli futbolchi Suonsining ettinchi Ispaniyalik futbolchisi bo'ldi. 


Manba: guardian.co.uk