Superliga-2018. "Nasaf" eng yosh jamoa, "Qizilqum" esa...

Narzulla Saydullayev
8 dek 2018
2018 yilgi Superligaga oid statistik ma'lumotlarni berishda davom etamiz.

Ushbu mavsumda Qarshining "Nasaf" klubi eng yosh jamoaga aylandi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar"ning o'rtacha yoshi 23,8ni tashkil etdi. Undan keyingi yosh jamoalar "Neftchi" va "Bunyodkor" bo'lishdi.

Navoiyning "Qizilqum" klubining o'rtacha yoshi eng katta - 29,3ga teng bo'ldi. "Buxoro", "Lokomotiv" va AGMK jamoalarining ham o'rtacha yoshi 28dan baland bo'lganini takidlash lozim.

Superliga-2018. Jamoalarning o'rtacha yoshi:


"Nasaf" - 23,8
"Neftchi" - 25,1
"Bunyodkor" - 25,4
"So'g'diyona" - 25,5
"Metallurg" - 25,9
"Qo'qon-1912" - 27,3
"Navbahor" - 27,4
"Paxtakor" - 27,6
"Buxoro" - 28,3
"Lokomotiv" - 28,4
AGMK - 28,6
"Qizilqum" - 29,3



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia