Superliga 4-tur o'yinlari boshlanish vaqtlari

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2020
Superliga 4-tur o'yinlari boshlanish vaqtlari tasdiqlandi.

“So'g'diyona” stadioni yoritish tizimida muammolar borligi uchun “So'g'diyona” – “Paxtakor” bellashuvi soat 18:00 da boshlanadi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.

“Buxoro” sport majmuasida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani bois, klub o'z uy uchrashuvlarini Muborakdagi “Bahrom Vafoev” stadionida o'tkazadi.

Superliga. 4-tur
13 iyun, shanba

19:00 “Bunyodkor” - “Qo'qon-1912”
20:00 “Qizilqum” - AGMK

14 iyun, yakshanba
18:00 “So'g'diyona” - “Paxtakor”
20:00 “Nasaf” - “Navbahor”

15 iyun, dushanba
18:00 “Surxon” - “Mashal”
18:30 “Buxoro” - “Andijon”
19:00 “Lokomotiv” - “Metallurg”


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz