"Surxon" darvozaboni jamoadan ketdi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2024
Gap Shohruh Eshbo'taev haqida bormoqda.

"Shohruh Eshbo'taev ikki mavsumni klubda o'tkazib, jamoamizning ko'p g'alabalariga hissa qo'shdi", – deyiladi termizliklar xabarida.

27 yoshli futbolchi o'tgan mavsum asosiy jamoaning zaxira posboni edi va faqat U-21 Birinchiligi o'yinlarida maydonga tushdi.

Avvalroq Termiz jamoasi Vladimir Nazarov va Dilshod Yo'ldoshev bilan shartnoma imzolagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати