Tantashev, Asimov, Lutfullin Yaponiyada

Narzulla Saydullayev
21 fev 2024
Bugun Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Yokogama Marinos" – "Bangkok Yunayted" uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar boshqarib borishadi.

Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadigan mazkur bahs Ilgiz Tantashevga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. Shuningdek, video assistentlarimiz orasidan Aziz Asimov va Abdurashid Xudoyberganov VAR hamda AVAR vazifalarini bajarishi ko'zda tutilgan.

Bir hafta oldin Tailandda o'tgan birinchi o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan edi. Hakamlarimizga bugungi uchrashuvda omad tilaymiz.

Osiyo Chempionlar Ligasi. 1/8 final, javob o'yini
"Yokogama Marinos" – "Bangkok Yunayted"
21 fevral 2024 yil. "Nissan" stadioni. 16:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Rustam Lutfullin
VAR: Aziz Asimov
AVAR: Abdurashid Xudoyberganov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia