Tarix yozishda davom etamiz! Bugun O'zbekiston OTJ Olimpiya o'yinlarida debyut bahsida maydonga tushadi

Khoja
24 iyul 2024
Bugun o'zbek futbolida tarixiy kun.

O'zbekiston OTJ terma jamoasi Olimpiya o'yinlaridagi debyut o'ynini o'tkazadi. Raqib - Ispaniya!

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi. 

Uchrashuvni esa afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Beida Dahane (Mavritaniya), unga qanotlarda Jerson Santos (Angola) va Stefan Yiembe (Keniya) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Dryuv Fischerga (Kanada) topshirilgan. Lahlo Benbraham (Jazoir) esa VARda faoliyat olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia