Tedesko bosh murabbiy ekan Kurtua Belgiya termasiga qaytmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2024
Avgust oyida "Real" kiperi Tibo Kurtua boshqa Domeniko Tedesko qo'l ostida Belgiya termasi safida maydonga tushmasligini ma'lum qilgandi.

O'tgan yilning iyun oyida bosh murabbiy va golkiper o'rtasida mojaro kelib chiqqan, natijada, Kurtua kutilmaganda Evro-2024 saralashi doirasidagi Estoniya qarshi o'yindan avval jamoa lagerini tark etgandi.

"HLN"ning xabariga ko'ra, Belgiya Qirolligi futbol assotsiatsiyasi (RBFA) bosh direktori Peter Villems Madridda Kurtua bilan uchrashgan va uning terma jamoaga qaytishi borasida gap ketgan.

Futbolchi qarorida turib olgan: u hozirgi bosh murabbiy qo'l ostida boshqa maydonga tushmoqchi emas.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Марио Кортегани "Твиттер" саҳифаси