Temmi Abraxam: "Men Mourinyoni Italiyadagi amakim deb bilaman"

Narzulla Saydullayev
29 apr 2022
Futbolchi "Roma"ga o'tishi haqida gapirdi.

"Roma" klubi hujumchisi Temmi Abraxam qanday qilib "Chelsi"dan "Roma" safiga qo'shilgani haqida gapirib berdi. Bunga asosiy sababchi Joze Mourinyo bo'lgan.

"Men Joze aytgan birinchi so'zlarni hech qachon unutmayman. U menga shunday degandi: "Sen yomg'irli Angliyada qolishni istaysanmi yoki Rimda quyosh taftidan bahra olishnimi?". Biz o'zaro suhbatlashib, miriqib kulgandik.

Joze menining "Roma"ga kelishimda katta rol o'ynadi. Men Mourinyoni Italiyadagi amakim deb bilaman", -deydi Temmi Abraxam.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RomaPress