Temur Kapadze: “OCHLda oson o'yinlar bo'lmaydi”

Narzulla Saydullayev
4 fev 2017
“Temiryo'lchilar” OCHL gurih bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda jamoa sardori Temur Kapadze fikr bildirdi.
“OCHLga yaxshi tayyorgalik ko'ryapmiz, birinchi yig'in BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tdi. U yerda  ko'proq jismoniy holatimizga e'tibor qartilgan bo'lsa, Antaliyada o'tayotgan ikkinchi xorij yig'inimizda taktikga ko'proq e'tibor qaratyapmiz.

OCHLdagi birinchi uchrashadigan raqibimiz “Al Taavon” jamoasini o'rganib chiqdik. Bevosita murabbiylar oxirgi o'yinlarini bizga video orqali ko'rsatib kuchli va kamchiliklarini ko'rsatishdi. Ushbu jamoaga qarshi o'yingacha yana biroz vaqt bor, ungacha yaxshilab o'rganib chiqamiz.

Shuni ustida  mashg'ulotlarda taktik bo'yicha ishlayapmiz. Taktikada ham o'zgarishlar bor, yani eski taktikamizdan boshqa yana yangi taktika ustida ham ish olib boryapti. Mashg'ulotlarda shularni sinab ko'ryapmiz. Albatta hamma narsada oson narsani o'zi yo'q. o'tgan yilgiga qaraganda bu yil OCHL musobaqasida yanada yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz”, - deydi “Lokomotiv” klubi sardori Temur Kapadze.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia