​Terri Anri: "Monako"ga g'oliblik ruhi yetishmayapti"

"Monako" bosh murabbiyi Terri Anri Fransiya chempionatida "Monpele"dan uchralgan mag'lubiyatga (1:2) izoh berdi.

"Uchrashuvni a'lo darajada boshladik. Keyin xuddi "Kann" bilan bo'lgan bahsdagi kabi jismoniy jihatdan aziyat chekdik. Birinchi bo'limda bittadan ko'p gol urishimiz mumkin edi. Xattoki, darvoza bo'sh bo'lgan vaziyat ham bo'ldi. Shogirdlarim mag'lubiyatlardan qo'rqib qolishgan. Ularga g'oliblik ruhi yetishmayapti. 54 daqiqa yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ammo, bu natija uchun etarli bo'lmadi va boshqa gol urish nasib etmadi. Uchrashuv davomida qilgan xatolarimiz yakunda qimmatga tushdi", - deya fikr bildirdi "Monako" ustozi Terri Anri.


Manba: twitter.com/AS_Monaco