Tim Xovard premer-liga o'yinlarini sharxlaydi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2014
"Everton" va AQSH terma jamoasi darvozaboni Tim Xovard Amerikaning eng yirik kanallaridan biri bilan shartnoma tuzdi.
35 yoshli darvozabon bu mavsumda sharhlovchilik qiladi va premer-liganing 10ta uchrashuvini reportaj olib boradi.

Shu bilan birga futbolchi dunyodagi eng yirik mehmonxonalar tarmog'i bilan hamkorlik kelishuviga imzo chekdi. Bu tarmog'i MLS va Amerika milliy jamoasining homiysi hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru