Tojikiston MTJga bosh murabbiy tayinlandi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2022
55 yoshli xorvatiyalik mutaxassis Petr Segrt Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Pro licenziyasiga ega bo'lgan murabbiy faoliyati davomida Germaniyaning turli klublarida ishlagan. Indoneziyaning "Makassar" jamoasini ma'lum muddat boshqargan.

Shuningdek,  Petr 2008 yilda Gruziya, 2015-2017 yillar oralig'ida Afg'oniston va 2018-2020 yillar davomida Maldiv orollari terma jamoalarini ham boshqargan.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Tojikiston MTJda Usmon Toshev ishlab kelayotgan edi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia