"Torino" futbolchisi "Real" e'tiboriga tushdi

Omonjon To`xtamirzayev
19 apr 2023
"Real" "Torino" yarim himoyachisi Samuele Richchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Qaymoqranglilar" ustozi Karlo Anchelotti 21 yoshli o'yinchini o'z jamoasida ko'rishni istaydi. Ehtimoliy transfer narxi 20-25 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Madrid klubi "Chelsi"ning bir yo'la 4 futbolchisini Madridga olib kelmoqchiligi aytilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru