

24 yoshli futbolchi o'tgan yozda Yevropa chempionatidagi ishonchli o'yini bilan e'tiborni tortdi, ammo "Atalanta"da qoldi. Daily Mail xabariga ko'ra, "Tottenxem" Meleni yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi uchun asosiy maqsad qilib qo'ygan. Hujumkor himoyachi Antonio Kontening London klubidagi o'yin tizimiga mos kelishi aytilmoqda.
Yoakimning "Atalanta" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda daniyalik futbolchi barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.



