"Tottenxem" va "Liverpul"dagi argentinaliklar Instagramda munozaraga borishdi

Mirjalol Normatov
1 okt 2023
Kecha APLning 7-turida "Tottenxem" va "Liverpul" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Uchrashuvdan keyin "Tottenxem" futbolchisi Kristian Romero xursandchilik rasmini qo'yib: "Bu jamoada kuchli g'alaba ruhi va katta yurak bor. Barchamiz birgamiz", - deb yozdi.

Uning gaplariga terma jamoadoshi va kechagi raqibi Aleksis Mak Allister shunday izoh qoldirdi: "Sizlar 12 kishi edingiz, bunaqada barchasi normal".

Romero unga javob tariqasida: "Uyingda o'tirib yig'la", deb javob qaytardi.

Ayni paytda ushbu kommentlar o'chirib tashlangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: talkSport