"Tottenxem" "Vest Xem" yulduziga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2023
"Shporlar" "Vest Xem" yarim himoyachisi Jarrod Bouenga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "The Athletic".

Manbaga ko'ra, "shporlar" 26 yoshli angliyalik futbolchini klub tomonidan ko'rib chiqilayotgan "Lester" futbolchisi Xarvi Barnsga muqobil sifatida qaramoqda.

Bouen o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi. U Konferenciya Ligasi finalida "Fiorentina"ga (2:1) g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Transfermarkt Bouenni 38 million evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic