"Tottenxem" yanvarda Xeybergni ijaraga bermoqchi emas

Omonjon To`xtamirzayev
29 noya 2023
"Yuventus" va "Ayaks" tomonidan bo'layotgan qiziqishlarga qaramay, "Tottenxem" yanvarda yarim himoyachisi Per-Emil Xeybergni qo'yib yubormoqchi emas.

Yozda transfer oynasining so'nggi kunlarida londonliklar "Atletiko"ning ijara bo'yicha taklifini rad etishgandi.

Daniyalik xavbek "Sautgempton"dan "Tottenxem" safiga 2020 yilning avgust oyida kelib qo'shilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Football Insider