"Tottenxem" yozda transferlar uchun 100 million funt sarfladi

Tolibjon Qosimov
31 avg 2013
"Ayaks" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni sotib olgan "Tottenxem"ning yozdagi harajatlari 110,5 million funt sterlingga etdi, deb xabar bermoqda The Guardian.
21 yoshli daniyalik futbolchi 11 millionga xarid qilindi. London klubi quyidagi futbolchilarni sotib oldi: Vlad Kirikesh (8,5 million), Erik Lamela (30 million), Paulinyu (17 million), Roberto Soldado (26 million), Nosir Shadli (7 million) va Eten Kapue (11 million).

Klint Dempsi, Tom Xaddlstoun va Stiven Kolkerni sotuvidan klub 23,5 million funt ishlab oldi. Eslatib o'tamiz, yaqin orada "shporlar" yarim himoyachisi Garet Beyl "Real"ga o'tishi kutilmoqda. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru