To'xtaxo'jaev: "Darvozabon yonga sakrashini taxmin qilib zarba bergan edim"

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2019
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev Avstraliyaga qarshi bahsdan so'ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Ko'proq e'tiborni gol o'tkazib yubormaslikka qaratdik.
Penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi. Avstraliya terma jamoasi darvozaboni yonga sakrashini taxmin qilib to'pni to'g'riga tepdim, biroq posbon zarbam yo'nalishini topdi.
Bizni BAAda qo'llagan muxlislarga, televizor va internet orqali o'yinlarimizni ko'rgan ishqibozlarga rahmat aytaman" - deydi Islom To'xtaxo'jaev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia