Ozarbayjon chempionati. "Sumqayit" mehmonda yetakchilardan birini mag'lub etdi, Abdixoliqov g'alaba golini urdi!

Alisher
16 mar 2025
Ozarbayjon chempionati 27-tur doirasidagi "Turon" - "Sumqayit" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yin mehmonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Quvonarlisi, g'alaba golini "Sumqayit" hujumchisi Bobir Abdixoliqov urdi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan hamyurtimiz 77-daqiqada zaxiraga olindi. "Sumqayit"ning yana bir o'zbekistonlik o'yinchisi Jasur Jaloliddinov esa zaxirada qoldirildi.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia