Twitter: Zlatan Ibragimovich hech kimni o'qimaydi

Bugungi kunda jahon futboli yulduzlari nafaqat maydonda, balki bir qator ijtimoiy tarmoqlarda ham faollik ko'rsatishyapti. Endi Championat.asia o'z faoydalanuvchilariga shu xususdagi qiziqarli va e'tiborga molik ma'lumotlarni etkazib turadi.

Zlatan Ibragimovich. 39 yoshli futbolchi Twitter'da 2012 yilning yanvar oyida ro'yxatdan o'tgan. Ayni paytda uni ushbu tarmoq orqali 7 mlndan ortiq kishi kuzatib boradi. Zlatanning o'zi esa faqat 11 ta sahifani o'qiydi. Shvetsiyalik forvard "Milan", "Manchester Yunayted", "Los-Anjeles Gelaksi" klublarining rasmiy sahifalarini kuzatib boradi. Shuningdek, u o'z agenti Mino Rayolani ham bevosita o'qiydi. 

Ma'lumot uchun, Zlatan Twitter'da futbol yulduzlari orasidan hech kimni kuzatmaydi. Ibragimovichning sahifasiga esa Pol Pogba, Ueyn Runi, Rio Ferdinand, Gari Lineker, Bastian Shvanshtayger, David Luiz va Romelu Lukaku singari mashhur nomlar obuna bo'lgan.

Twitter: Pogba kimlarni o'qiydi? 


Manba: championat.asia