U-17 Osiyo Kubogi. Tojikiston jahon chempionatida, hayr Eron!

Mirjalol Normatov
12 apr 2025
Saudiya Arabistonida davom etayotgan U-17 Osiyo Kubogining D guruhidagi guruh bosqich o'yinlari yakunlandi.

So'nggi turda Tojikiston termasi Eronni mag'lub qilib, jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Eron esa guruhdayoq musobaqa bilan xayrlashdi. Shuningdek, KXDR termasi 2-o'rinni egalladi va Qatardagi mundialda ishtirok etadigan bo'ldi.


Eron - Tojikiston 1:3

Gollar: Omid Garahchomagio (52) - Mehribon Odilzoda (12), Ahmadjon Shoev (67), Abdullo Ibragimzoda (89).



O'mon - KXDR 2:2

Gollar: Osama al-Mamari (65), Alvolid al-Abdulsalom (90+8) - YU Jin-Kim (10), Ri Kang-Rim (74).



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia