U-20 jahon chempionati. Yaponiya durang bilan boshladi

Xayrulla Xoliqov
24 may 2019
Kecha Polshada U-20 jahon chempionatiga start berildi hamda musobaqa 15 iyunga qadar davom etadi.

Bunda 24ta terma jamoa qatnashyapti. Jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. 

Guruhlar

"A" guruhi - Polsha, Kolumbiya, Taiti, Senegal

"B" guruhi - Meksika, Italiya, Yaponiya, Ekvador

"C" guruhi - Gonduras, Yangi Zelandiya, Urugvay, Norvegiya

"D" guruhi - Qatar, Nigeriya, Ukraina, AQSH

"E" guruhi - Panama, Mali, Fransiya, Saudiya Arabistoni

"F" guruhi - Portugaliya, Janubiy Koreya, Argentina, JAR 

Mazkur musobaqada Osiyodan to'rtta jamoa qatnashyapti. Bular - Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya. Kecha Yaponiya yoshlar terma jamoasi 1-tur bahsini Ekvadorga qarshi o'tkazib 1:1 hisobini qayd etdi. 

Bugun esa Qatar U-20 terma jamoasi o'z ishtirokini boshlaydi. O'tgan yil Indoneziyada bo'lib o'tgan U-19 Osiyo chempionati yarim finalchisi bugun dastlabki turni Nigeriya yoshlariga qarshi o'tkazadi. 

Eslatib o'tamiz, Osiyodan Saudiya Arabistoni U-19 Osiyo chempionati chempioni, Janubiy Koreya finalchi hamda Qatar bilan Yaponiya yarim finalchilar sifatida ishtirok etmoqda. 

Quyida kechagi kun natijalari hamda bugun bo'lib o'tadigan o'yinlar ro'yxatini keltirib o'tamiz: 

"A" guruhi. 1-tur. 23 may

Taiti - Senegal 0:3 

Polsha - Kolumbiya 0:2 

"B" guruhi. 1-tur. 23 may 

Meksika - Italiya 1:2 

Yaponiya - Ekvador 1:1 

"C" guruhi. 1-tur. 24 may 

21:00. Gonduras - Yangi Zelandiya

23:30. Urugvay - Norvegiya 

"D" guruhi. 1-tur. 24 may

21:00. Qatar - Nigeriya

23:30. Ukraina - AQSH


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia