U-20 JCH. Yarim finalda Ukrainaga raqib bo'luvchi terma jamoa aniqlandi

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2019
20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finali doirasida Italiya termasi Mali bilan to'qnash keldi.

Uchrashuv gollarga boy o'tdi va italiyalik 4:2 hisobida zafar quchib keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etishdi. Shu tariqa, musobaqaning ilk yarim finalida Italiya termasi Ukraina bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Ular o'rtasidagi bahs 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.

Italiya U-20 – Mali U-20 4:2 (1:1, 3:1)

Stadion Miejski o'yingohi.

Gollar: 1:0 – 12, avtogol Kone, 1:1 – 38 Koyta, 2:1 – 60 Pinamonti, 2:2 – 79 Kamara, 3:2 – 83, penalti Pinamonti, 4:2 – 84 Frattezi.

Italiya U-20 – Pliccari, Pellegrini, Del Prato, Raneri, Gabbiya, Espozito (Betella, 68), Frattezi, Bellanova, Tripaldelli, Skamakka, Pinamonti (Oliveri, 88).

Mali U-20 – Koyta, Fofana (Traore, 90), Kamara, Diabi, Kanoute, Konan, Sissoko, Diakite, Drame (Konte, 85), Koyta, Kone (Traore, 70).

Ogohlantirish: Sissoko (18).

Chetlatish: Diakite (21).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia