U o'zgarmadi. Azarning telefonidagi g'ilofda "Chelsi" libosidagi uch farzandi aks ettirilgan

Alisher
13 iyul 2019
"Real"ning yangi o'yinchisi Eden Azar telefonida "Chelsi" atributkali g'ilofdan hali ham foydalanmoqda.

"Qirollik klubi"ning yangi mavsumga tayyorlanish maqsadida Monrealga qilgan tashrifida kichik bir detalga e'tibor qaratilgan.

Suratdan ma'lumki "qaymoqranglilar" yangi o'yinchisining qo'lidagi telefoni g'ilofida uch farzandining "Chelsi" libosida aks ettirilgan surati tushirilgan.

28 yoshli Azar "Real"ga 100 million evro evaziga o'tdi. Bu mablag' bonuslar ko'rinishida yana 45 million evroga oshishi mumkin.

Futbolchi madridliklar bilan 2024 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnomaga qo'l qo'ygan. Azar "Chelsi" libosida 2012 yildan 2019 yilgacha harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/TheBlues___