

"Udineze" klubi Gabriele Chioffini yangi bosh murabbiy deb e'lon qildi. 48 yoshli murabbiy ushbu mavsum oxiriga qadar "Udineze" bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Gabriele Chioffi "Udineze"ni 2021 yilning dekabr oyidan 2022 yilning iyuniga qadar boshqargandi.
Hozirgi vaqtda "Udineze" A Seriyaning 18-o'rnida bormoqda. Klub 9-tur ortda qolganiga qaramasdan, biror marta g'alaba qozonmagan.



