Ugo Loris uchun mavsum yakunlandi

Mirjalol Normatov
6 may 2023
"Tottenxem" posboni Ugo Loris jarohati sababli APLning qolgan turlarini o'tkazib yuboradi.

"Tottenxem"ning asosiy posboni Ugo Loris son qismidan jarohat olgani sababli ushbu mavsumda qolgan to'rt tur o'yinlarida ishtirok etmaydi. Ushbu uchrashuvlar "Kristal Pelas", "Aston Villa", "Brentford" va "Lids"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Ayni damda "shporlar" APL turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.

Loris ushbu mavsum APLning 25 o'yinida ishtirok etdi va 7 uchrashuvda gol o'tkazib yubormadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal