Uilshirni "Vest Xem" libosida ko'rishdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2018
1 iyuldan erkin agentga aylangan "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir faoliyatini boshqa bir London klubida davom ettirishi kutilmoqda.

"WestHamAtHome" "Tvitter" sahifasi taqdim etgan suratda Uilshir "Vest Xem" libosida ekanligi ko'ringan.

Futbolchi London jamoasi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekadi.

26 yoshli Uilshirning "Arsenal" bilan shartnomasi o'z yakuniga etgan. Shu boisdan u "Vest Xem"ga erkin agent sifatida o'tadi. Uning xizmatlariga "Milan", "Yuventus" va "Fenerbaxche" klublaridan qiziqishlar bo'lgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/WestHamAtHome