Ukrainalik so'kong'ich murabbiy qirg'iz klubidan bo'shatildi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2025
Qirg'iz futbol ittifoqi prezidenti Qamchibek Tashiev "Muras Yunayted" bosh murabbiyi Sergey Puchkovni ishdan bo'shatish to'g'risida qaror qabul qildi.

Rasmiy shaxsning so'zlariga ko'ra, murabbiy futbolchilarga "qo'pol so'zlar" ishlatgan.

"Men Puchkovni futbolchilarga qo'pol so'zlar ishlatgani uchun ishdan bo'shatdim. U juda qo'pol ohangda, onadan so'kinadi", – dedi Tashiev.

Puchkov boshchiligidagi "Muras Yunayted" o'tgan mavsum Qirg'iziston Kubogini qo'lga kiritdi va chempionatda kumush medalga ega chiqdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.com