"Ular yozda Gvardiola bilan bog'lanishgandi va Anchelotti bilan muloqot qilishdi"

Tolibjon Qosimov
16 okt 2024
Angliya terma jamoasini Pep Gvardiola va Karlo Anchelotti bilan bog'lashdi.

Bu haqda inglizlarning sobiq hujumchisi Gari Lineker Tomas Tuxelning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishini izohlash jarayonida aytib o'tdi.

"Angliya futbol Assotsiatsiyasi (FA), aftidan, yozda Gvardiola bilan bog'langan. Bilishimcha, ular Anchelotti bilan ham muloqotda bo'lishgan.

Tuxel Angliya terma jamoasiga qarab, u yerda juda ko'p istedodli futbolchilar bor, deb o'ylagan bo'lsa kerak. Bu eng zo'r sovrinni yutish uchun aql bovar qilmaydigan imkoniyatdir", - dedi Lineker "The Rest is Football" podkastida.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com