Ulug'bek Baqoev: "Buni qanday izohlashga ham bazida xayron qolasan kishi"

Narzulla Saydullayev
21 okt 2018
“Navbahor” – “Buxoro” uchrashuvidan so'ng "Buxoro" ustozi Ulug'bek Baqoev o'yin borasida quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- O'yinga to'xtaladigan bo'lsak birgina xato va bahsli vaziyat, buni qanday izohlashga ham bazida xayron qolasan kishi. Aslida futbol xatosiz bo'lmaydi. Yigitlar balki ruhiy jihatdan fikrini shunga qaratib tezroq harakat qilib gol kiritishni xohlashdi. Biroq bu xarakatlar ular kutgan natijani bermadi. Shunday bo'lsada yigitlarimga rahmat aytaman va endi diqqat e'tiborni keyingi uchrashuvlarga qaratamiz - dedi bosh murabbiy.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати