Ulug'bek Baqoev: "Yoshlar Jasur Hasanovdan o'rnak olishsin"

Narzulla Saydullayev
20 avg 2020
Coca Cola Superliganing 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyin (3:3) mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugungi o'yin g'alati o'tdi, gol urdik, tezda o'tkazib yubordik, gol urdik tezda ikkita gol o'tkazdik. Ammo bu futbol, nima ham qilardik. Muxlislarga o'yin yoqqan bo'lsa kerak. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Futbolda hamma xato qiladi. Xatolarni ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz.

Tez o'tkazib yuborganimizga balki ruhiy holat yoki stress sababdir. O'tgan ikkita o'yinda yutqazgandik, bugun ham balki shundan qo'rqishgandir yigitlar.

O'yin paytida darvozabonga ko'p baqirdim? Unga to'pni Norxonovga uzatishini tayinladim, ruschani u qadar yaxshi bilmagani uchun bir necha bor takrorladim.

Klubdan kyetishim mumkinligi haqidagi gap-so'zlar? Har birimizning oilamiz bor to'g'rimi, undagi gapni tashqariga chiqarmaymiz. "So'g'diyona" ham oila va uning ichidagi gaplarni tashqariga chiqishni istamayman.

Jasur Hasanov haqida nima deya olaman? Yosh futbolchilardan undan o'rnak olishlarini tilayman. Uning harakatlaridan xursandman", - deydi Ulug'bek Baqoev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia