Umid Ahmadjonov Kuala-Lumpurda Janni Infantino bilan uchrashdi

OFK shtab-kvartirasi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkilotning navbatdagi Kongressi o'z ishini boshladi.

Bugungi kun tartibiga OFKga 2019-2023 yillar uchun yangi rahbar saylash masalasi qo'yilgan.

Mazkur tadbirda ishtirok etayotgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi. Unda MOQ prezidenti shveytsariyalik mutaxassis bilan o'zbek futbolining kelajagi xususida o'ziga xos suhbat olib bordi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov ushbu Kongressda bir qator futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ham uchrashib, o'zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish borasida fikr almashdi.

Eslatib o'tamiz, OFKning bugungi Kongressida, shuningdek, tashkilot vice-prezidentligiga, FIFA konsulligiga, OFK erkaklar va ayolar ijroqo'miga ham saylovlar bo'lib o'tishi belgilangan.

Bugun OFKda katta kun. Prezidentlik va boshqa lavozimlar uchun saylov bo'lib o'tadi  


Manba: ЎФА матбуот хизмати